18:33 / 27.07.2015
6394

Qarindoshlarining to‘yi uchun Tojikistonga borgan o‘zbekistonliklar chegarani buzganliklari uchun qamaldi

Qarindoshlarining to‘yi uchun Tojikistonga borgan o‘zbekistonliklar chegarani buzganliklari uchun qamaldi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Mahmud Qobulov va Abdulla Namozov ismli qarindoshlar Tojikistonning qo‘shni Asht tumanida istiqomat qiluvchi xolalari Jamilaning to‘yiga borish uchun davlat chegarasini buzib o‘tishgan. To‘y o‘tgach, ular yana 18 kun davomida Ashtda bo‘lishgan. Qaytish paytlarida esa tojikistonlik bir ayol ularga ergashgan. Ammo guruh chegarada qo‘lga tushgan.
Sud hukmi bilan Mahmud Qobulovga 5.5 yilga, Abdulla Namozovga hamda ularga ergashib kelgan Munojot Sapayevaga 3 yilga qamoq jazosi belgilangan.

Top