19:48 / 27.07.2015
5565

Rossiya kimyoviy qurol zaxirasining 90 foizini yo‘q qildi

Rossiya kimyoviy qurol zaxirasining 90 foizini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Kimyoviy qurolni xavfsiz saqlash va yo‘q qilish federal boshqarmasi rahbari, general-polkovnik Valeriy Kapashin ma'lum qildi.

Kapashinning aytishicha, 27 iyul holatiga ko‘ra, Rossiyada yo‘q qilingan birinchi toifadagi kimyoviy qurolning umumiy miqdori 36 ming tonna zaharlovchi moddani yoki jami ma'lum qilingan zaxiraning 90,4 foizini tashkil qilgan.

Hammasi bo‘lib yil oxiriga qadar yo‘q qilinadigan kimyoviy qurol hajmi 36,6 ming tonna yoki umumiy zaxiradan 91,6 foizni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, 2015 yildan keyin Rossiyada qoladigan kimyoviy qurolning umumiy miqdori 3,4 tonnani tashkil qilib, Udmurtiyadagi “Kizner” obektida qoldiriladi. Bu kimyoviy qurol 2020 yil 31 dekabridan kech bo‘lmagan muddatgacha yo‘q qilinadi.

Top