Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slutskiy Rossiya terma jamoasini Yevro-2016 saralashi bosqichi so‘ngiga qadar boshqarib turadi
Moskvaning TsSKA jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy o‘z ishi bilan parallel ravishda Rossiya terma jamoasiga ham murabbiylik qiladi va terma jamoani Yevro-2016 saralashining qolgan o‘yinlariga olib boradi. Bu haqda "Nash futbol" telekanali efirida jurnalist Nobel Arustamyan ma'lum qilgan.
"Men hozircha Slutskiy saralash bosqichining oxiriga qadar terma jamoa bilan ishlashi haqidagi ma'lumotni bilaman. Bu bosqich yakunlanganidan so‘ng bu masala boshqatdan ko‘rib chiqiladi.
Slutskiyning nomzodini Rossiya futbol ittifoqi ham, sport ishlari vaziri Vitaliy Mutko ham birdek ma'qullashdi. Bu qarorga TsSKA xo‘jayini Yevgeniy Giner ham roziligini bildirgan.
Slutskiy bilan uning o‘zini ko‘rsatishi uchun yetarli muddatga shartnoma tuzildi. Bu menimcha optimal yechim bo‘ladi. Uning rahbarligida kamida 4ta o‘yin o‘tkaziladi", deydi Arustamyan.