09:02 / 27.07.2015
2290

Somali poytaxtida ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

26 iyul kunining ikkinchi yarmida Somali poytaxti Mogadisho shahrida ro‘y bergan kuchli portlash natijasida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslanib, TASS nashri xabar bergan.

Xabar qilinishicha, portlash shahar markazida, «Jazira» mehmonxonasi yaqinida sodir bo‘lgan.

Somali xavfsizlik xizmati mehmonxona yaqinidagi portlashni terrakt sifatida baholagan. Hodisa yuzasidan javobgarlikni "Ash Shabob" jangarilari o‘z zimmasiga oldi. Bu ekstremistik guruh bungacha ham bir necha marta "Jazira" mehmonxonasiga hujum uyushtirgandi.

Top