Sport | 14:22 / 27.07.2015
2236
2 daqiqa o‘qiladi

"Ufa"ning ukrainalik futbolchisi Rossiya fuqaroligini olishni istamadi

"Ufa" jamoasining 18 yoshli ukrainalik yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko Rossiya fuqaroligini rad etdi. Bu haqda ufaliklar jamoasi bosh direktori Shamil Gazizov TASS nashriga ma'lum qilgan.

"U Ukraina fuqarosi bo‘lib qolishni istadi. Bu unga kelgusida Yevropa top-klublarida o‘ynashi uchun qulaylik yaratadi. Ayni vaqtda unga Yevropa jamoalaridan qiziqish mavjud. Yozgi transferlar vaqtida uni transfer qilishimiz mumkin. Men shaxsan uni juda iste'dodli futbolchi va bo‘lajak yulduz sifatida bilaman", deydi Gazizov.

Ma'lumot uchun, "Ufa" bu yosh futbolchi bilan shu yilning fevralida 4 yillik shartnoma izmolagan. U 25 iyul kuni "Ufa" tarkibida "Rostov"ga qarshi o‘yinda o‘zining ilk golini nishonlagandi. Zinchenko Donetskning "Shaxtyor" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2013 yilning yozida Rossiyaga kelib, avvaliga "Rubin"da, biroz o‘tib "Ufa"da harakat qila boshlagandi.

Zinchenko Ukraina yoshlar terma jamoasi safida 2013 yilgi Yevropa chempionatida qatnashgan va turnirning ramziy terma jamoasi safiga kirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish