08:35 / 27.07.2015
3914

Ukraina Konstitutsion sudi rahbari avtohalokatga uchradi

Ukraina Konstitutsion sudi rahbari Yuriy Baulin Kiyev – Xarkov trassasida o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisasida jabr ko‘rdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Baulin ketayotgan Toyota Camry haydovchisi Nissan avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Nissan haydovchisi va undagi yo‘lovchi halok bo‘lgan. Nissan’dagi yana ikki yo‘lovchi jarohat olgan. Shuningdek, Toyota Camry haydovchisi va Baulin jarohat olgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Nissan’da 3 farzandi bor oila ketayotgan bo‘lgan.

To‘qnashuv sudya ketayotgan avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgandan keyin sodir bo‘lgani ta'kidlanmoqda.

Top