Texnologiya | 21:02 / 27.07.2015
3496
1 daqiqa o‘qiladi

YouTube “Grozniy” Checheniston davlat teleradiokompaniyasini to‘sib qo‘ydi

YouTube videoportali “Grozniy” Checheniston davlat teleradiokompaniyasining rasmiy akkauntini to‘sib qo‘ydi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Telekanalning internet-tahririyati rahbari Dmitriy Yefremovning aytishicha, teleradiokompaniya kanali akkauntlari “Grozniy” teleradiokompaniyasiga shikoyatlar yuborish uchun maxsus yaratilgan foydalanuvchilarning ommaviy ravishdagi murojaatlari sababli to‘sib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda kanal xodimlari videoportalning qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan muzokara o‘tkazmoqdalar.

YouTube’da “Grozniy” teleradiokompaniyasi akkaunti 4 yildan beri mavjud bo‘lgan davri ichida unda 5 mingdan ortiq material joylashtirilgan. Kanalga 30 mingdan ko‘proq foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish