18:36 / 27.07.2015
14175

Yunusobodda restoran qo‘riqchisi mijozni o‘ldirib qo‘ydi

Toshkent shahridagi restoranlardan birida qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi Azamat Bakirov ismli yigit mijozlardan birini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Bakirov navbatchilik qilayotgan kunlardan birida poytaxtga tashrif buyurib, magistraturaga imtihon topshirgan Jamol Erkinov ham shu restoran mijozi edi. Hursandchiligidan tinmay raqs tushayotgan Erkinov rang purkovchi uskunani buzib qo‘ydi.
Qo‘riqchi unga o‘z e'tirozini bildirgach, ikki orada janjal kelib chiqdi. Bakirov Erkinovni do‘pposlashi natijasida mijoz xushidan ketib qoldi. U shifoxonaga yetib bormasdan, yo‘lda vafot etdi.
Ushbu voqeadan so‘ng qochib yurgan Bakirov boshqa bir shaxsdan ta'magirlik yo‘li bilan 1 mln so‘m olayotgan paytda qo‘lga olindi.
Jinoyatchi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top