Jamiyat | 15:41 / 27.07.2015
2225
1 daqiqa o‘qiladi

Zarafshonda tadbirkorlardan noqonuniy ravishda 3 mln so‘m to‘plagan gaz tarmog‘i xodimlari jazolandi

Zarafshonda tadbirkorlardan noqonuniy ravishda 3 mln so‘m to‘plagan gaz tarmog‘i xodimlari jazolandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, “Zarafshonshaharaz” filiali sobiq xodimi To‘ra Suvonov sheriklari Odil O‘sarov va Javlon Sohibovlar bilan birga yakka tartibdagi tadbirkor To‘laganovdan 917 ming so‘m hamja 7ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektlardan 2.135 mln so‘m pullarni olgan. Bu pullarga g‘aznaga kirim qilinmagan.
Shu tariqa, guruh jami 3 mln so‘m pulni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish