11:13 / 28.07.2015
3897

Benitesning rafiqasi: Turmush o‘rtog‘im Mourinoning ortidan uning xatolarini to‘g‘rilamoqda

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Rafael Benitesning rafiqasi Montserrat Seara “qaymoq ranglilarning” sobiq murabbiyi Joze Mourino haqida kesatiq bilan gapirdi.

Seara uning turmush o‘rtog‘i Benites portugaliyalik mutaxassis boshqargan jamoalardan keyin ishlashiga to‘g‘ri kelganiga izoh berib o‘tdi.

“Biz do‘stimiz o‘zidan keyin qoldirayotgan xatolarni tuzatish bilan shug‘ullanmoqdamiz”, deb aytdi Seara.

Benites o‘z vaqtida “Inter”, “Chelsi”da Mourinodan keyin ishlagan, endilikda esa “Real”da ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Benites boshchiligida “Inter” 2010 yilda Italiya superkubogi va klublararo jahon chempionatini yutgan, “Chelsi” esa 2012/2013 yillarda Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lgan.

Top