Jahon | 08:54 / 28.07.2015
1884
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada 60 nafardan ortiq kishi makaronlardan zaharlandi

Chexiyaning Plzen shahri va G‘arbiya Chexiya o‘lkasidagi boshqa shaharlar shifoxonalariga 26-27 iyul kunlari mobaynida 60dan ko‘proq odam qorin sohasidagi og‘riqlar va diareyadan shikoyat qilib murojaat qildi. Aniqlanishicha, ular salmonella bilan zararlangan makaronlar iste'mol qilishdan zaharlanishgan. Bu haqda Nova telekanali xabar berdi.

Mahalliy gigiyenachilar tez sur'atlarda zaharlanganlar umumiy ovqatlanish nuqtalariga tayyor taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi mahalliy Zrtas fabrika-oshxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan makaronlardan zaharlanishganlarini aniqlashdi.

OAVlarning fikricha, shifoxonaga murojaat qilganlarning umumiy soni 100ga yaqin odamni tashkil qilgan. 27 iyul tush paytiga kelib shifoxonada olib qolingan bemorlar soni 53 nafarni tashkil qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish