Jamiyat | 20:58 / 28.07.2015
2989
2 daqiqa o‘qiladi

"Istiqlol" san'at saroyida beriladigan konsertlarning kamida 60 foizi jonli ijro etilishi ma'qullandi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasida Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashining joriy yil olti oyi yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a'zolari, Birlashma xodimlari, Estrada san'atini rivojlantirish jamg‘armasi vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastlab Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi raisi Iqbol Mirzoning yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalarga o‘tishdan avval Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan dolzarb vazifalarga e'tibor qaratdi. Ushbu qarordan kelib chiqib Kengash hamda uning ijrochi organi hisoblangan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarni ta'kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari “Istiqlol” san'at saroyida o‘tkaziladigan konsert dasturlaridagi qo‘shiqlarning kamida 60 foizi jonli ijro etilishini ko‘zda tutuvchi me'yoriy-huquqiy hujjatni ishlab chiqish taklifi ham Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi a'zolari tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish