17:03 / 28.07.2015
2207

O‘tgan hafta O‘zbekistonda 279ta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 279ta yong‘in sodir bo‘lganligi qayd etilgan.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan va 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 1 mlrd 411 mln. 650 ming so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 1 mlrd. 108 mln. 598 ming so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro Sh.Komilovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 140 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi fuqaro G.Isroilovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 60 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Ushbu holatlar beparvolik va e'tiborsizlik tufayli sodir bo‘lmoqda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yong‘in xavfsizligi talablarini yoddan chiqarmaslik talab etiladi.

Top