O‘zbekiston | 20:20 / 28.07.2015
5592
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston shimoli-g‘arbida 2018 yilgacha yangi temir yo‘l quriladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 2016-2017 yillar davomida yangi 396,9 km uzunlikdagi «Navoiy-Konimex-Miskin» yo‘nalishida temir yo‘l barpo etadi. Bu haqda  «Gazeta.uz» nashri xabar bergan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2015 yil 27 iyulda qabul qilingan qarorida qayd etilishicha, yangi temir yo‘l yo‘nalishi Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlari va shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi salohiyatini yanada oshirish va rivojlantirish maqsadida yaratiladi.

Yangi magistral loyihasini qurish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda (2016-2017 yillar) poyezdlar harakatlarinishi uchun maydon barpo etiladi. Bunda loyiha qiymati 283,1 mln dollarni tashkil qiladi. Mazkur mablag‘ mahalliy manbalar orqali qoplanishi ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqichda esa (vaqti va loyiha qiymati keyinroq ma'lum qilinadi) Qizilqum markazida joylashgan tog‘-kon mavzesi Kuljuktau va Auminzatau hududlarini elektrlashtirilishidan so‘ng amalga oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish