Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi o‘rtoqlik turnirini yirik g‘alaba bilan boshladi
Baxrom Norsafarov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirokini boshladi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasining rasmiy veb sayti.
Ushbu turnir bu jamoaga shu yilning 4 — 9 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tayapti.
Veyfang shahrida bo‘lib o‘tayotgan turnirda O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasidan tashqari Xitoy, Malayziya hamda Qirg‘iziston jamoalari ishtirok etmoqda.
Dastlabki uchrashuvda Baxrom Norsafarov shogirdlari Malayziyaga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik qizlar raqib darvozasini 10 bora aniq nishonga olib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi ushbu turnirdagi keyingi o‘yinini 29 iyul kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi. Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘yin esa 31 iyulda bo‘lib o‘tadi.
U-16 ayollar terma jamoalari ishtirokida
Xalqaro o‘rtoqlik turniri.
O‘zbekiston - Malayziya - 10:0 (5:0)
Gollar: S. Normurodova (5,50,71), Sh. Qurbonova (12,43,64,68 ), M. Shoimova (27), M. Panjiyeva (34), L. Shodiyeva (48 ).