"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo jamoasi bilan AQSh turnesiga bormagani uchun jarima to‘laydi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Amerika Kubogidagi ishtirok tufayli argentinalik futbolchiga qo‘shimcha ta'til berilgan va u shanba kuni “qizil iblislar” bilan AQShga uchib ketishi kerak edi. Ammo Roxo pasportidagi muammolar sabab samolyotga chiqarilmagan.
Unga qo‘llaniladigan jarima miqdori 140 ming funtni tashkil qiladi.