Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rospotrebnazdor Latviyadan baliq konservalari olib kirishni taqiqladi
Rossiya iste'mol mollari nazorati qo‘mitasi (Rospotrebnazdor) 1 avgustdan mamlakat hududiga Latviyaning 5ta korxonasida ishlab chiqarilgan baliq konservalarini olib kirishni taqiqladi.
Idora tarqatgan matbuot xabarnomasida aytilishicha, bunga ushbu korxonalar mahsulotlarining Rossiya qonunchiligiga mos emasligi sabab bo‘lgan.
“Ventspil baliq konservasi kombinati” AJ, “GAMMA-A” MChJ, Sabiedrba IMS MChJ, “UNDA” MChJ va Suldusgalaskombinats MChJ mahsulotlariga taqiq qo‘yildi. Ularda sifat belgisi qo‘yilishi talablarining buzilishi, asosiy mahsulot ulushidagi nomuvofiqlik singari qoida buzilish hollari kuzatilgan.
Talablarga javob bermaydigan, ammo mamlakatga olib kirib bo‘lingan mahsulotlar partiyalari sotuvdan chiqarilgan.