Sport | 16:32 / 28.07.2015
1980
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Qrimdagi sport obektlarini qayta tiklash uchun 500 mln rubl mablag‘ ajratadi

Qrimdagi sport obektlarini qayta tiklash uchun taxminan 500 mln rubl mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko TASS axborot agentligiga ma'lum qilgan.

«Biz dasturga yigirmatacha obektni qayta tiklashni kiritganmiz. Kelgusi yilda bu ish uchun 500 mln. rubl miqdorida mablag‘ sarflashni rejalashtirganmiz», deydi vazir.

Oldinroq, «Rossiya Federatsiyasida 2016-2020 yillarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish» dasturiga binoan Qrim federal okrugi terma jamoasi sportchilarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilishi uchun 2 mlrd 966,2 mln rubl qiymatidagi ikkita sport markazi barpo etilishi ma'lum bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish