17:30 / 28.07.2015
7615

Yapon gazetasida Shohi Zinda majmuasi haqida maqola nashr etildi

Yaqinda Yaponiyada nashr etiladigan «The Sekai Nippo” gazetasida “Samarqand: Shohi Zinda majmuining go‘zalligi va ulug‘vorligi» sarlavhali maqola bosilib chiqdi. Maqola mazkur gazeta jurnalisti Susumi Fudjixashi tomonidan yozilgan.

Maqolada shoirlar tomonidan «Sharq marvaridi», deya ta'riflangan Samarqand ko‘hna tarixga ega ekanligi qayd etiladi. Buyuk Amir Temur boshqaruvi davrida shahar ilm-fan va madaniyat markaziga aylangani holda shitob bilan rivojlangani yapon o‘quvchilarining e'tiboriga havola qilingan.

«Afrosiyob shaharchasidan uncha uzoq bo‘lmagan masofada Samarqandning ajib va betakror me'moriy yodgorliklaridan biri - Shohi Zinda majmuasi joylashgan, deb yozadi muallif. Unda moviy rangda tovlanib turadigan maqbaralar ketma-ket joylashgan. Shohi Zinda ko‘hna Samarqandning go‘zalligi va mahobati bilan kishini hayron qoldiradigan me'moriy yodgorligidir».

Muallif o‘z maqolasida Shohi Zinda ansambli nafaqat tarixiy-me'morchilik yodgorligi, balki mashhur zotlarning abadiy oromgohi ekanligi haqida atroflicha to‘xtalgan.

Top