Texnologiya | 16:15 / 29.07.2015
2005
1 daqiqa o‘qiladi

Apple BMW`ning i3 modeli bazasida elektromobil ishlab chiqaradi

Apple kompaniyasi BMW bilan konsernning i3 modeli bazasida elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Manager Magazin xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, Kupertinoda joylashgan kompaniya avtomobilsozlik sanoatiga jiddiy qiziqish bildirib kelmoqda. Shu ma'noda ular 2015 yilning fevralidan boshlab Titan loyihasini ishga tushirdi va hozirda bu loyiha ustida 100ga yaqin mutaxassislar ish olib borishmoqda.

Apple allaqachon avtosanoat vakillarining uchun dasturi ta'minot sifatida CarPlay ilovasini ishga tushirgan.

Kompaniyaning BMW bilan muzokaralari 2014 yilning kuzida boshlangandi. Biroq ma'lum sabablarga ko‘ra uning muddati kechiktirilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish