Sport | 18:37 / 29.07.2015
2328
1 daqiqa o‘qiladi

"Arsenal" "Ayaks"ning 16 yoshli hujumchisi bilan shartnoma imzoladi

Londonning "Arsenal" jamoasi Amsterdamning "Ayaks" jamoasidan 16 yoshli gollandiyalik hujumchisi Donel Malenni transfer qildi. Bu haqda "Ayaks"ning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Donel Malen o‘tgan mavsumda "Ayaks" yoshlari tarkibida harakat qilgandi. U Gollandiya yoshlar terma jamoasida ham harakat qilgan bo‘lib, o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Yosh futbolchiga "Ayaks"ning asosiy tarkibiga o‘tish varianti bo‘lganiga qaramasdan u "Arsenal" klubini tanlagan.

Ma'lumot uchun, Donel Malenning agenti Zlatan Ibrohimovich, Pol Pogba va Mario Balotelli kabi yulduzlar bilan ishlaydigan Mino Rayola hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish