Jahon | 02:35 / 29.07.2015
1906
1 daqiqa o‘qiladi

Barselonaning sayyohlik markazidagi otishmada ikki kishi yaralandi

Barselonaning sergavjum bo‘lgan Ramba tumanida yuz bergan otishmada kamida ikki kishi yaralandi, deb xabar bermoqda Diario De Sevilla nashri.

Bir kishi o‘qotar jarohat, ikkinchisi pichoqdan jarohat olgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar Silken Hotel mehmonxonasi mijozlariga qarata o‘q uzgan. Bu jinoyatni amalga oshirgan 2 nafar bosqinchi yaqin oradagi savdo markazida berkinishga uringan, biroq politsiya ularni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish