01:20 / 29.07.2015
3007

Erdo‘g‘an kurdlar bilan tinchlikka erishishning imkoni yo‘qligini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ayni paytda uning davlati kurdlar bilan ular tomonidan to‘xtatilmayotgan hujumlar sababli tinchlik jarayonini davom ettira olmasligini ma'lum qildi. “Tinchlik jarayonini bizning milliy birdamligimiz va birodarligimizga hujum qilayotganlar bilan davom ettirishning iloji yo‘q”, deb aytdi Erdo‘g‘an Turkiyada taqiqlangan “Kurdiston ishchi partiyasi” jangarilarini nazarda tutib. U bunday bayonot bilan 28 iyul kuni Anqaradagi matbuot-anjumanida chiqdi.

Turk yetakchisi NATOni Turkiyaga “IShID” bilan Suriyada hamda Iroqda kurd jangarilari bilan kurashishda yordam berishga tayyor bo‘lishga chaqirdi. Erdo‘g‘an Turkiya terrorchilik bilan murosasiz ko‘rinishda kurashishiga va'da berdi. “Biz terrorchilikka qarshi kurashimizda bir qadam ham ortga chekinmaymiz, bu jarayon avvalgi qat'iyatlik bilan davom etadi”, deb aytdi Erdo‘g‘an.

Top