Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FTB rahbari: "IShID" tarkibida 100dan ortiq mamlakat fuqarolari bor
100dan ortiq mamlakat fuqarolari "IShID" guruhi tomonida turib harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda Rossiya Federal tergov byurosi direktori Aleksandr Bortnikov maxsus xizmatlar, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining XIV yig‘ilishi chog‘ida ma'lum qildi.
Bortnikovning ta'kidlashicha, ushbu terrorchi tashkilot butun jahonda targ‘ibot sohasida tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, jahon hamjamiyati esa tegishli chora-tadbirlar ko‘rishda kechikmoqda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, guruh jangarilari, jahon hamjamiyatining past faolligidan foydalangan holda, o‘zlarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi pozitsiyalaridan turib Yevropa va Osiyoni mo‘ljalga olmoqda hamda og‘ir turdagi qurollarni qo‘llagan holda keng miqyosli harbiy amaliyotlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Yangi tarafdorlar geografiyasining kengayib borishi, “jihod”ga chiquvchilar sonining oshib borishi, ularning etnik va ijtimoiy kelib chiqishining xilma-xilligi shundan dalolat beradiki, "IShID" tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, targ‘ibot jabhasida faol ish olib bormoqda va o‘z kun tartibini joriy qilishga urinmoqda”, – xulosa qildi Bortnikov.