Jahon | 20:32 / 29.07.2015
1726
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi pirotexnika fabrikasidagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Italiyaning janubida joylashgan Moduno shahridagi pirotexnik buyumlar ishlab chiqaruvchi fabrikadagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi.

O‘tgan juma, 24 iyulda fabrikada mahalliy vaqt bilan 12:30 da avtofurgonga pirotexnik buyumlar ortilayotgan paytda katta kuchdagi portlash yuz berdi. Portlash oqibatida kuchli yong‘in boshlangan. Yong‘inni uch kun davomida o‘chirishning iloji bo‘lmagan.Fojia yuz bergan kun 7 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Keyin kunlarda olingan jarohatlardan yana kishi halok bo‘lgan.

Tgcom24 telekanalining ma'lum qilishicha, Neapoldagi Cardarelli shifoxonasida og‘ir kuyishlardan fabrikaning egalaridan biri Vinchentso Brushella ham vafot etdi.
Ayni paytda shifoxonada yana ikki nafar jabrlanuvchi qolmoqda.

Bari viloyati prokuraturasi ushbu fojianing barcha tafsilotlarini tergov qilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, tergovchilar fabrikaning tirik qolgan yagona egasi Antonio Brushellega ayblov qo‘yishmoqchi.

1959 yilda ham shu fabrikada shunga o‘xshash portlash yuz bergan edi. O‘shanda 7 kishi, jumladan Brushella oilasining 5 nafar a'zosi halok bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish