Jamiyat | 01:09 / 29.07.2015
3835
2 daqiqa o‘qiladi

Keyt Uinslet “Bear Grills bilan yovvoyi sharoitlarda” shousida qurtlarni tamaddi qildi

Britaniyalik aktrisa Keyt Uinslet “Bear Grills bilan yovvoyi sharoitlarda” realiti-shousida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

39 yoshli aktrisa va mashhur teleboshlovchi Bear Grills Uelsning Snoudoniya tog‘larida ikki sutka o‘tkazdilar.

Keyt va Bear parashyutdan sakrab, toqqa ko‘tarilganlaridan keyin u yerda ayollar gigiyenik vositasi yordamida alanga yoqib, olovda tayyorlangan qurtlardan tamaddi qilishdi.

“Ularning mazasi juda achchiq ekan. Men ularni chaynayotganimda xuddi yonib ketgan rezina elektr simni yeyayotgandek bo‘ldim”, deb bo‘lishmoqda o‘z taassurotlari bilan aktrisa. Keyinroq teleboshlovchi daryoda baliq tutib, uni kechki ovqatga olib qo‘ydi.

Grills Keyt bilan vaqt o‘tkazish unga qiziqarli bo‘lganini, Keyt “qattiqqo‘l, quvnoq va shu bilan birga juda kamtar” aktrisa ekanini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish