01:33 / 29.07.2015
3953

Latviya o‘z chegaralari yonida Rossiya harbiy texnikasini aniqlaganini ma'lum qildi

Latviya Milliy qurolli kuchlari o‘z chegaralari yonida Rossiya harbiy samolyotlari va kemalarini aniqlaganini aytdi.

Ma'lum qilinishicha, Latviya patrul samolyotlari Boltiq dengizining neytral hududlari ustida Rossiya Harbiy-havo kuchlarining ikkita An-124 samolyoti va bitta Il-76 samolyotini aniqlagan. Shuningdek, Latviyaning iqtisodiy hududida Rossiyaga tegishli “Merkuriy” kemasi aniqlangan.

Avvalroq Latviya Milliy qurolli kuchlari hududiy suvlar chegarasida Rossiya suv osti kemasi va harbiy kemalar guruhini aniqlaganini ma'lum qilgandi.

Top