Sport | 18:03 / 29.07.2015
2971
1 daqiqa o‘qiladi

Mafiya muzeyida FIFAdagi korruptsion janjalga bag‘ishlangan ekspozitsiya yaratiladi

Las-Vegasdagi uyushgan jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati milliy muzeyida (Mob Museum) FIFAdagi korruptsion janjalga bag‘ishlangan doimiy ekspozitsiya ochiladi. Bu haqda Fox Sport telekanali xabar bermoqda.
Ekspozitsiya 1 sentabrdan ishga tushiriladi. Unda fotosuratlar, gazetalardan qirqmalar va jurnalistik surishtiruvlar materiallari qo‘llanilgan.
Muzey ijrochi direktori ekpozitsiya Vegasga keluvchi ko‘pchilik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otishini va'da qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish