06:58 / 29.07.2015
2384

Meksika terma jamoasi murabbiyi jurnalistni urgani uchun ishdan bo‘shatildi

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Errera iste'foga chiqarildi. Bu haqda Meksika futbol federatsiyasining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Bunday qaror qabul qilinishiga Filadelfiya aeroportida murabbiy o‘zini nomunosib tutgan holda jurnalistlardan biriga hujum qilgani sabab bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, murabbiy Meksika terma jamoasi bilan AQShda o‘tkazilgan KONKAKAF kubogidagi g‘oliblikdan keyin yurtga qaytayotganida yo‘lidan chiqqan jurnalistlardan biriga qattiq musht tushirib, uni oldidan haydagan.

Ma'lumot uchun, Errera 2013 yilning oktabridan buyon Meksika terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlab, 2014 yilgi mundialda jamoani chorak finalgacha olib chiqqandi.

Top