21:27 / 29.07.2015
14192

MiG-29 samolyotining havoga aqlbovar qilmas ravishda ko‘tarilishi g‘arb OAVlarini hayratga soldi

Internetda Rossiyaning MiG-29 qiruvchi samolyotining havoga vertikal holatda ko‘tarilishi aks etgan video paydo bo‘ldi. Ushbu havaskorlik videosi yetakchi g‘arb OAVlarida chop etilmoqda.

Xususan, Huffington Post nashrining yozishicha, samolyotning juda tez harakatlanishidan “ichingda nimadir seni junbushga keltiradi”. “Buni uzoqdan ko‘rayotgan kishi samolyotni raketa bilan adashtirishi mumkin”, deb yozildi gazetadagi maqolada.

Videorolik jahondagi eng nufuzli harbiy aviashou Royal International Air Tattoo’ga tashrif buyurganlardan biri tomonidan suratga olingan.

Top