02:49 / 29.07.2015
12455

Yer yuzidagi musulmonlar soni oshmoqda

Vashintondagi Pew tadqiqotlar markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 2050 yilga borib, Yer yuzidagi musulmonlar soni 2,76 mlrd kishiga yetadi. 2070 yilga borib esa Islom dunyodagi yetakchi dinga aylanadi. Markaz mutaxassislari fikricha, hozirda tug‘ilish va diniy tendensiyalar rivoji nuqtai nazaridan, Islom dini o‘sish sur'ati eng yuqori bo‘lgan yetakchi e'tiqod sanaladi. O‘sish ko‘rsatkichlari aholining ko‘payishi yuqori bo‘lgan mintaqalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Masalan, musulmonlarning 40 foizi Afrikaning janubiy cahrosida istiqomat qiladi. Yevropada esa migratsiya ulushi natijasida musulmonlar umumiy aholining 10 foizini tashkil etadi. AQShda Islom diniga e'tiqod qiluvchilar soni xristian dinidan keyin ikkini o‘rinni egallab turibdi. Biroq Amerikada nasroniylar soni kundan kun qisqarib bormoqda, deyiladi Pew tadqiqotlar markazi (Pew research center) hisobotida.

Muxlis.uz / Muslim Mirzajonov tayyorladi

Top