Jahon | 18:17 / 29.07.2015
13025
2 daqiqa o‘qiladi

NASA’ning Qrim Rossiyaga tegishli ekani haqidagi videosi internetni larzaga soldi

AQSh koinot agentligi NASA o‘z saytida Qrim Rossiya hududi ekani aytilgan videorolikni joylashtirdi.

Bu bilan NASA Krim Rossiya hududi ekanligini tan olgan. Bundan koinot agentligi tomonidan chop etilgan 25 soniyalik videorolik guvohlik beradi. Videoda dastlab Qrim osmon jismlarini kuzatish uchun butun sayyoramizdagi eng qulay va chiroyli joy ekanligi aytilib, yarimorolning xaritasi chiqadi. Rolik oxirida esa NASA’ning logotipi va uning tagida “Qrim – bu Rossiya” (Crimea – it,s Russia) degan yozuv aks etgan lavhalar paydo bo‘ladi.

Agentlik saytida rolik uzoq turmadi, biroq shu qisqa vaqt ichida butun internet bo‘ylab tarqlishga ulgurdi.

Video foydalanuvchilar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ba'zilar bu rolik agentlikning Rossiyaga yon bosuvchi xodimlari tomonidan ataylab qilingan deyishmoqda, qolganlar rolik haqiqatan ham Rossiya bilan koinotni tadqiq qilishda faol hamkorlik qiluvchi NASA’ga tegishli, degan fikrni bildirmoqdalar.

Shu bilan birgalikda, bu rolik qalbaki degan fikrni bildirayotganlar ham oz emas.