23:57 / 29.07.2015
3716

Nokia virtual reallik kamerasini namoyish qildi

Nokia kompaniyasi kontentlar yaratuvchilar uchun OZO virtual reallik kamerasini ishlab chiqarishini e'lon qildi.

Qurilma 8 ta mikrofon va uch o‘lchamli stereoskopik videoni yaratish uchun sinxronlashtirilgan sensorlarga ega kamera bilan jihozlangan va real vaqt davomida montaj amalga oshirmasdan, panoramali videoni translyatsiya qilish imkonini beradi.

Qurilmaning narxi va sotuvga chiqarilishi 2015 yilning 4-choragida e'lon qilinadi. Aynan shu vaqtda yangi qurilmani sotuvga chiqarish rejalashtirilgan. Kameralar Finlyandiyada ishlab chiqariladi.

Top