Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olma-ota shahri 2022 yilgi qishki olimpiadani o‘tkazish orqali 3 mlrd dollar foyda ko‘rishi mumkin
Qozog‘istonning Olma-ota shahri 2022 yilgi qishki olimpiadani o‘tkazish orqali taxminan 3 mlrd dollar foyda ko‘rishi mumkin. Bu haqda «Almaty-2022» ariza komissiyasi raisi o‘rinbosari Andrey Kryukov TASS axborot agentligiga ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qishki Olimpiadan o‘tkazish uchun 1,7 mlrd dollar xarajat qilish kerak bo‘ladi. Undan ko‘riladigan daromad esa 4,5 mlrd dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, XXIV qishki olimpiada va XIII qishki paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiluvchi shahar nomi 2015 yilning 31 iyul kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 128-sessiyasida aniqlanadi. Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda ikki nomzod shahar – Olma-ota va Pekindan biri mazkur nufuzli musobaqani o‘z uyida qabul qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.