22:51 / 29.07.2015
26733

O‘zbekiston Qozog‘istonga tabiiy gaz eksporti hajmini oshirdi

O‘zbekiston 2015 yilning birinchi yarim yilligida Qozog‘istonga umumiy qiymati 158,8 mln dollarlik 1 772,8 mln kub metr gaz eksport qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan hajm bo‘yicha 39,4 foiz, narx bo‘yicha 46,9 foiz ko‘proqni tashkil qilgan.

Bu raqamlar Qozog‘iston moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi ma'lumotlarida keltirilgan.

O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya, Qirg‘iziston va Xitoyga gaz eksport qiladi.

Top