Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2015 yil oxirigacha 77ta yangi madaniyat va istirohat bog‘lari yaratiladi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabridagi “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog‘lari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 2015 yil oxiriga qadar 77ta yangi bog‘lar yaratiladi, 148 bog‘dan 105tasida rekonstruksiya, 29tasida kapital va 14tasida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
Ayni paytda dastur doirasida 90ta madaniyat va istirohat bog‘ida ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi, ularda 800ta zamonaviy attraksion o‘rnatildi. Yana 80ta bog‘da ta'mirlash ishlari davom etmoqda.
Mamlakat hududida ishlayotgan 225 bog‘da yoz mavsumida tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi, bir qator ma'rifiy tadbirlar, konsertlar, ijodiy kechalar, bolalar uchun sport musobaqalari o‘tkazildi.