Jahon | 15:08 / 29.07.2015
2632
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rus geografiya jamiyati bilan birga ekspeditsiyaga chiqadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rus geografiya jamiyatining ekspeditsiyalaridan birida ishtirok etadi. Uning bu boradagi rejalari haqida matbuot kotibi Dmitriy Peskov jamiyatning 170 yillik yubileyi arafasidagi mediaklub yig‘ilishidagi chiqishida ma'lum qildi.
Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, sayohat 2015 yil avgustida amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, yig‘ilish davomida 2015 yili jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan asosiy loyihalar haqida ma'lumotlar keltirildi. Xususan, Rossiyaning g‘arbidagi orollar, Ikkinchi Jahon urushining oxirgi jangi bo‘lib o‘tgan Shumshu oroliga sayohatlar uyushtiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish