Jahon | 23:14 / 29.07.2015
4239
1 daqiqa o‘qiladi

Putin sanksiyaga tushgan mahsulotlarni yo‘q qilish haqidagi farmonni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanksiyaga tushgan mahsulotlarni yo‘q qilish haqidagi farmonni imzoladi, deb aytilmoqda Kreml bergan xabarda.

Rossiyaga 6 avgustdan boshlab olib kiriladigan barcha sanksiyaga tushgan mahsulotlar yo‘q qilinadi.

Farmonga ko‘ra, Rossiya bilan chegarada mahsulotlarni yo‘q qilish tartibi hukumat tomonidan o‘rnatiladi. Ushbu farmon shaxsiy foydalanish uchun olib kirilayotgan mahsulotlarga tatbiq qilinmaydi.

“Farmon jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish yoki bojxona tranziti bojxona tartibotiga joylashtirgan va yukka ilova qilinadigan veterinar va fitosanitar hujjatlarning haqiqiyligi sharti bilan uchinchi davlatlarga olib ketilayotgan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi”, deyilmoqda xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish