16:04 / 29.07.2015
2865

Putin: Terrorchilik xavfini faqat xalqaro huquq yordamida bartaraf qilish mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin terrorchilik faolligining oshishi, shuningdek, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyat yuzasidan o‘z xavotirini bildirdi. Bu haqda Rossiya rahbarining maxsus xizmatlar, xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining XIV yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llangan murojaatnomada aytib o‘tildi. Murojaat matnini Rossiya federal tergov byurosi direktori Aleksandr Bortnikov o‘qib eshittirdi.

Ilgariroq Rossiyaning Yaroslavl shahrida maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining IShID bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingan edi. Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, unda 64 davlatdan 92 delegatsiya, shuningdek, ShHT, BMT, MDH, YeI vakillari ishtirok etadi. Ushbu tadbir bugun boshlandi.
Ishtirokchilar axborot almashish va yirik xalqaro tadbirlarda xavfsizlikni ta'minlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu borada ayniqsa 2018 yili Rossiya o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati xavfsizligini ta'minlash masalasiga birinchi o‘rinda e'tibor qaratilishi aytilmoqda.

Putinning ta'kidlab o‘tishicha, xalqaro terrorchilik tahdidlarini bartaraf qilishda eng ishonchli qurol bo‘lib xalqaro huquq xizmat qiladi. Bundan tashqari, turli mamlakatlarning tegishli idoralari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik ham bu borada muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Top