20:38 / 29.07.2015
2389

Rimdagi aeroportda yong‘in chiqishi tufayli uchishlar bekor qilindi

Italiya poytaxti Rim shahri hududidagi Fyumichino shahridagi mamlakatning asosiy aeroportida katta yong‘in yuz berdi. Bu haqda aeroportning rasmiy tvitteri xabar bergan.

Ayni vaqtda shu sababli aeroportdan uchishlar to‘xtatilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, yong‘in aeroport yaqinidagi Kochcha-di-Morto ko‘chasida boshlangan va shamol tufayli atrofga tarqalgan.

Hozirda Kochcha-di-Morto ko‘chasi yopib qo‘yilgan va hududga o‘t o‘chiruvchilar hamda politsiya vakillari yetib kelgan.

Top