11:47 / 29.07.2015
3186

Rivaldo: Agar men yoshroq bo‘lganimda hozir har yili 50ta gol urib, dunyoning eng kuchli o‘yinchisi bo‘lardim

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Rivaldo zamonaviy futbol va futbolchilar haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Hozirgi futbol avvalgidan butunlay farq qiladi. Ishontirib aytamanki, agar men ham hozir o‘zimning eng yaxshi davrlarimni o‘tkazayotgan bo‘lganimda, 2 yoki 3 marta "Oltin to‘p" mukofotini olib, har mavsumda 50tadan gol urgan bo‘lardim.
Bizning davrimizda Braziliyada ham, Italiya va Ispaniyada ham futbolda hozirdagidan ko‘ra sifat yuqori edi. Messi va Ronaldu hozir osonlik bilan 50tadan gol ura olishayapti. Bizning davrimizda esa himoyachilar kuchli bo‘lishardi va dunyoning eng kuchli futbolchilari ham 38ta o‘yinda 50ta gol ura olishmasdi", deydi Rivaldo.

Qayd etish kerakki, Rivaldo ayni vaqtda 43 yoshda va u Braziliyaning quyi divizionidagi "Moji Mirim" jamoasi prezidenti hisoblanadi.

Top