Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 64 mamlakat maxsus xizmatlari vakillari IShIDga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi
Rossiyaning Yaroslavl shahrida maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining IShID bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan ikki kunlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, unda 64 davlatdan 92 delegatsiya, shuningdek, ShHT, BMT, MDH, YeI vakillari ishtirok etadi.
IShIDning asosiy kadr resursi hisoblanuvchi xorijlik jangarilarga qarshi kurash masalasi alohida muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar axborot almashish va yirik xalqaro tadbirlarda xavfsizlikni ta'minlash masalasini ko‘rib chiqishadi. Bu borada ayniqsa 2018 yili Rossiya o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati xavfsizligini ta'minlash masalasiga birinchi o‘rinda e'tibor qaratiladi.