14:55 / 29.07.2015
1620

Rummenigge "Bavariya" muxlislarini Myuller hech qachon jamoani tark etmasligiga ishontirmoqda

"Bavariya” klubi boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge yana bir marta jamoa hujumchisi Tomas Myullerning transferga qo‘yilmaganini ta'kidlab o‘tdi. Uning ishonch bildirishicha, Myuller o‘z futbolchilik faoliyatini to‘liq ravishda "Bavariya" uchun bag‘ishlaydi.

“Menda shunday tasavvur mavjudki, Myuller “Bavariya”ni hech qachon tark etmaydi. U butsalarini mixga ilganidan keyin ham biz unga jamoadan boshqa ish topib berishimiz mumkin. U "Bavariya"da o‘zini juda yaxshi his qilmoqda va muxlislar uning ketishi mumkinligi borasida xavotirlarga berilmasalar ham bo‘ladi”, - deydi Rumenigge Sport Bild nashriga bergan intervyusida.

Bundan avvalroq, Myullerning transferi uchun “Manchester Yunayted” klubi tomonidan 100 mln yevro hamda uning o‘ziga yiliga 20 mln yevro maosh to‘lash haqida taklif bildirgani xabar qilingandi.

Top