21:01 / 29.07.2015
2891

Sankt-Peterburgda 10 kishining qotilligida gumon qilinayotgan pensioner ayol qo‘lga olindi

Sankt-Peterburg shahri, Frunze tumani sudi 10 kishining qotilligida gumon qilinayotgan 67 yoshli nafaqaxo‘r ayol Tamara Samsonovani hibsga oldi. Bu haqda shahar prokuraturasi ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda Samsonova rasman bir kishining o‘limida ayblanmoqda. U tergovda 79 yoshli ayolni zaharlab o‘ldirganini tan olgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, u yana o‘n nafar kishini o‘ldirgan bo‘lishi mumkin.

Ma'lum bo‘lishicha, Samsonova o‘z qotilliklari haqida kundaligiga qayd etib borgan.

Kundalikdagi yozuvlar uning tomonidan 2000 va 2003 yillarda 2 marta o‘z uyida ijarada yashagan talabalarni o‘ldirganini bilish mumkin. U o‘z qurbonlarini ko‘chaga olib borib tashlagan.

Xabar qilinishicha, Samsonova 3 marta ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotib chiqqan.

Top