Jahon | 17:02 / 29.07.2015
1614
1 daqiqa o‘qiladi

XOQ rahbariyati Rio-de-Janeyro va Pxyongchang shaharlaridagi olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonini yaxshi baholadi

Xalqaro olimpiya Qo‘mitasi rahbariyati 2016 yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan yozgi, 2018 yilda Janubiy Koreyaning Pxyongchang shahrida bo‘lib o‘tadigan qishki olimpiada o‘yinlari uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonidan qoniqish hosil qilmoqda. Bu haqda Qo‘mita prezidenti Tomas Bax ma'lum qildi.

«Biz Rio-de-Janeyro olimpiadasi tashkilotchilari bilan olimpiada uchun qurilayotgan inshootlar va olimpiya qishlog‘ining so‘nggi bosqichi borasida suhbatlashib oldik. Ularni oldinda 44ta sinov musobaqalari kutib turibdi», deydi Bax.

«Pxyongchang shahridagi tayyorgarlik borasida ham endi aniq raqamlarni ko‘rsatish mumkin. Figurali uchish musobaqalari o‘tkaziladigan obektlardan biri 26,1 foizga tayyor. Uch kundan keyin bu ko‘rsatkich 26,2 foizga yetadi», deya hazil aralash gapirib o‘tdi Bax.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish