18:40 / 29.07.2015
4996

Yuk mashinasida uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

2007 yilning Baja 1000 murakkab yo‘llardagi poygalar chempioni Greg Godfri yuk mashinasida uzunlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi. U avvalgi rekorddan 15 metr uzunroqqa, ya'ni deyarli 50,6 metrga sakrashga muvaffaq bo‘ldi.

Rekord AQShning Montana shtatidagi Byutt shahrida o‘tkazilgan Evel Knievel Days shousi paytida o‘rnatildi. Ushbu tryuk amalga oshishi uchun Godfri 9 tonnalik yuk mashinasini 112 km/soat tezlikkacha tezlashtirishiga to‘g‘ri keldi.

Top