O‘zbekiston | 19:15 / 30.07.2015
4807
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda temir yo‘l tashishlari narxini oshirish rejalashtirilmagani ma'lum qilindi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ joriy yilda o‘z yo‘lovchi va yuk tashishlari xizmatlari uchun narxlarni oshirishni rejalashtirmayapti.

Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 15 iyuldan mahalliy yo‘nalishdagi reyslarda yo‘lovchi, yuk va pochta tashish xizmatlari narxini 12 foizga oshirishi ma'lum qilingandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatining ta'kidlashicha, temir yo‘l tashishlari uchun narxlar oshmaydi.

“Bizning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarimiz prognozlar doirasida 3 foizlik kichkina ustunlik bilan oldinda bormoqda. Bu bizga rejalashtirilgan barcha investitsion dasturlarni to‘liq hajmda bajarish va biznes-rejani amalga oshirish imkonini beradi”, deb xabar berdi Uzbekistan Today agentligiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Davron Dehqonov.