Texnologiya | 01:08 / 30.07.2015
3300
1 daqiqa o‘qiladi

“Yandeks.Taksi”ga tegishli Tesla elektrokari Moskva markazida avtohalokatga uchradi

“Yandeks.Taksi”ga tegishli Tesla Model S elektrokarlaridan biri Moskva markazida avtohalokatga uchradi. Voqea joyidan olingan suratni foydalanuvchilardan biri instagramda chop etdi.

“Yandeks” kompaniyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mijozni kutib turgan “Yandeks.Taksi” ramziga ega bo‘lgan elektromobilga Toyota Land Cruiser Prado jipi kelib urilgan.
“Voqea joyiga yetib kelgan yo‘l-patrul xizmati inspektorlari yo‘l-transport hodisasiga jip haydovchisini aybdor deb topib, unga jarima yozishdi”, deb aytilmoqda xabarda.

Yo‘ltanlamas mashinaga jiddiy shikastlar yetmagan, biroq Tesla elektromobili anchagina talofat ko‘rdi – uning old chap qanoti pachoqlanib ketdi.

“Yandeks.Taksi” xizmati Moskva ko‘chalari bo‘ylab iyul boshida ikkita elektrokarni ishga tushirgan edi. Tesla S modelining AQShdagi narxi 75 ming dollarni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish