13:23 / 30.07.2015
1947

Facebook yangi kommunikatsiya servisi – uch o‘lchamli virtual reallikni ishga tushirmoqchi

Facebook kompaniyasi o‘z oldiga internet uchun yangi bo‘lgan kommunikatsiya servisi – uch o‘lchamli virtual reallikni ishga tushirishni maqsad qilib qo‘ydi.
Bu haqda kompaniya rahbari Mark Tsukerberg kompaniyaning joriy yil ikkinchi choragidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan konferensiya chog‘ida ma'lum qildi.
“O‘ylashimcha, videodan keyingi qadam uch o‘lchamli axborot maydoni bo‘lishi kerak, – uning so‘zlarini keltiradi TASS. – Odamlar har doim kommunikatsiyaning yangi yo‘llarini qidirib kelgan. Fotodan videoga o‘tdik. Ammo bu bilan yo‘limiz tugamadi. Oldinda uch o‘lchamli virtual reallik”.
2014 yil bahorida Facebook 2 mlrd dollarga Oculus VR kompaniyasini sotib oldi. Ushbu kompaniya Oculus Rift virtual reallik shlemini yaratganligi bilan mashhur. Hozir Facebook ushbu texnologiyani rivojlantirishga katta mablag‘lar kiritmoqda.

Top