30 iyul kuni AQShning Chikago shahrida International Champions Cup musobaqasining yana bir o‘yini o‘tkazildi. Unda Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Parijning "PSJ" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.
Ushbu o‘yinda "MYu" "PSJ"ga 0:2 hisobida yutqazdi.
O‘yindagi gollar Matyuidi (25) va Ibrohimovich (34) hisobiga yozildi.
International Champions Cup
Manchester Yunayted – PSJ – 0:2
Gollar: 0:1 - Matyuidi, 25. 0:2 – Ibrohimovich, 34.
"MYu": De Xea, Darmian, Jons, Blind, Shou, Kerrik, Shvaynshtayger, Mata, Depay, Yang, Runi.
"PSJ": Trapp, Maksvell, Tiago Silva, Ore, van der Vil, Verratti, Matyuidi, Stambuli, Ogyusten, Ibrohimovich, Lukas.